Janubiy Koreya Facebook’ni jarimaga tortdi

Fan-texnika 19:15 / 21.03.2018 7365

Koreya Respublikasining kommunikatsiyalar bo‘yicha komissiyasi Facebook kompaniyasiga qariyb 370 ming dollar jarima belgiladi. Bu kompaniya iste'molchilarga o‘z xizmatlariga kirishni cheklab qo‘ygani tufayli yuz berdi.

"Kommunikatsiyalar bo‘yicha komissiya Facebook’ning bu harakatlarini telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun hamda iste'mol huquqlarining buzilishi deb hisobladi. Bunda xizmatlardan foydalanish kompaniya tarmoqlariga kirish yo‘llari SKT/SKB va LGU+ orqali o‘zgartirildi hamda Facebook foydlanuvchilarning LGU+ tarmog‘i orqali kirish tezligi pasaydi", - deyiladi idora saytidagi matbuot relizida.

Komissiyaning belgilashicha, kompaniya ish jarayonini to‘g‘irlashi kerak va 396 million von (397,6 ming dollar) jarima to‘lashi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: