Amazon qiymati ilk marta Alphabet holdingi narxidan oshib ketdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Nyu-York vaqti bilan soat 12:40 (Toshkent vaqti bilan 21:40)da Amazon biznesi qiymati 762,7 mlrd dollarga yetdi. Shu bilan birga, Alphabet qiymati 762,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Jyeff Bezos kompaniyasi qiymatining o‘sishi Amazon sarmoyadorlar uchun ancha qiziqarli bo‘lib borayotganidan darak beradi, deya ta'kidlaydi nashr.
2018 yilning fevralida Amazon bozordagi qiymat bo‘yicha ilk marta Microsoft’dan o‘tib ketdi hamda dunyodagi eng qimmat kompaniyalar uchligidan joy oldi. O‘sha paytda kompaniya qiymati faqat Apple hamda Alphabet’dan past edi.