Tramp AQSh fuqarolariga Venesuela kriptovalyutasiga yaqinlashishni taqiqladi

Iqtisodiyot 08:20 / 20.03.2018 3408

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar fuqarolari va yuridik shaxslariga Venesuela kriptovalyutalari bilan qandaydir amaliyotlar o‘tkazishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uydan xabar berishgan.

Venesuela hukumati tomonidan 2018 yilning 9 yanvaridan so‘ng chiqarilgan raqamli valyutalar va ularni almashtira oluvchi vositalar bilan barcha tranzaksiyalar taqiqlandi. Farmon AQSh yurisdiksiyasidagi barcha shaxslarga tegishli bo‘ladi. 

Farmon 19 martda imzolanganidan so‘ng darhol kuchga kiradi, deya aniqlik kiritgan Oq uy. Farmon ijrosini ta'minlash AQSh Moliya vazirligi hamda Davlat departamentiga yuklandi. Sanktsiyalar “Venesuela prezidenti Nikolas Maduro rejimining Qo‘shma Shtatlar sanksiyalarini raqamli valyuta chiqarish yo‘li bilan chetlab o‘tish bo‘yicha xatti-harakatlari tufayli” joriy etildi.

Ko‘proq yangiliklar: