Toyota kompaniyasi «Prius» bazasida gibrid prototipni ishlab chiqdi, u ham an'anaviy benzinda, ham shakar qamishidan ishlab chiqariladigan bioetanolda (yoqilg‘i E100) ishlashi mumkin. Avtomobil Braziliyaning San-Paulu shahrida namoyish etildi.
«Toyota»da spirtda ishlovchi gibrid kuch qurilmasining xususiyatlari keltirilmayapti. Seriyali Prius 1.8 benzinli motor va elektr dvigatelga ega, 122 ot kuchilik quvvatni beradi.
Kompaniya spirtda ishlovchi «Prius» yordamida Braziliyada gibridli avtomobillarni ommalashtirmoqchi hamda uglerod dioksidining (CO2) chiqarib tashlanish hajmlarini kamaytirmoqchi. Bioetanol ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan o‘simliklarning o‘sishi vaqtida atmosferadan karbonat angidrid gazini yutib yuborish yuz beradi, shu sababdan umumiy muvozanat tiklanadi.
Hybrid FFV loyihasi ustida markaning Braziliya ofisi va Yaponiyadagi bosh kompaniya muhandislari ish olib bordi. Toyota gibridni tijorat maqsadida foydalanishga tushirishdan avval yo‘l sinovlarini o‘tkazadi, bu ishonchlilik hamda tizim haqida batafsilroq ma'lumot olish uchun kerak.