Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentda Imom at-Termiziy masjidi qurilishi yakunlanmoqda
Toshkent shahri, Olmazor tumanida yana bir ko‘rkam inshoot – Imom at-Termiziy jome' masjidining yangi binosi tez orada foydalanishga topshiriladi.
Ayni vaqtda hududda qurilish ishlari davom etmoqda, qurilish ishlari 70 foizga yakunlangan. Ustalar ichki va tashqi bezak va obodonlashtirish ishlarini olib borishmoqda. Bino kuz oylariga borib foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Birinchi qavati yerto‘la, ikkinchisi asosiy ayvon va uchinchisi qo‘shimcha ayvon shaklida qurilayotgan masjidning balandligi 23 metr. Bu yerda 1800 o‘rinli katta xonaqoh, kutubxona va boshqa xizmat xonalari barpo etilgan. Masjidga yondosh joydan ayollar uchun alohida ibodatxona bunyod etildi. Unda bir vaqtning o‘zida yuzdan ziyod ayol namoz o‘qishi mumkin bo‘ladi.
Tarixiy obidani qayta tiklash ishlarida ikki yuzdan ziyod usta, muhandis, hunarmand, bezakchi va boshqa mutaxassislar qatnashmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 21 aprel kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish jarayonida Yuqori Sebzor mahallasida bo‘lib, Imom at-Termiziy jome' masjidini qayta qurish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi.
19 iyul kuni esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida ushbu jomega birinchi g‘isht qo‘yildi.
Shundan so‘ng, tez orada «Ijod-Ijod» xususiy korxonasi mutaxassislari tomonidan qurilish ishlari boshlandi.
Masjid 1876 yilda shu mahallada yashab o‘tgan Ismoil ota va Suvoqchi otalar tomonidan mahalliy masjid sifatida mahalla aholisining hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, ikki kichik toqilik xonaqohdan iborat bo‘lgan. O‘sha davrda ushbu mahallada asosan mo‘g‘ullar yashagani sababli, masjid «Mo‘g‘ul ko‘cha» masjidi deb yuritilgan. Chor Rossiyasi hukmronligi davrida masjid bir muddat berkitilib, faoliyat olib bormagan.
Masjid 1989 yilda qayta ta'mirlangan, 2007 yilda esa bitta qo‘shimcha honaqoh qurilgan, masjid ayvoniga bir vaqtning o‘zida mingga yaqin kishi sig‘ishi imkoniyati paydo bo‘lgan, masjid Imom at-Termiziy nomini olgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

18:08 / 04.04.2025
«Profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz» – Musulmonlar idorasi masjidlardagi texnik nazorat ishlari haqida

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

22:12 / 31.03.2025