Erkak uyqusida Apple Watch orqali 911’ni chaqirdi va uyiga kirib kelgan uch politsiyachi tufayli uyg‘onib ketdi

Fan-texnika 08:40 / 20.03.2018 7093

16 mart kuni tvitter foydalanuvchisi Jyeyson Rouli o‘zining yotoqxonasiga kirib kelgan uch politsiyachi tufayli uyg‘onib ketgan. Erkak Apple Watch bilan uxlayotgan bo‘lgan hamda uyqusida tasodifan SOS rejimini faollashtirib yuborgan. Bu haqda Rouli tvitterdagi sahifasida aytib berdi.

Roulining The Verge nashri bilan suhbatda ta'kidlashicha, politsiyachilar o‘zlarini muloyim va xotirjam tutishgan. Ular Apple Watch’dan yolg‘on chaqiruvlarga o‘rganib qolishgani haqida ma'lum qilishgan. Tvitterdagi shikoyatlarga ko‘ra, bunday muammo favqulodda qo‘ng‘iroq rejimini faollashtirishi mumkin bo‘lgan iPhone egalarida ham yuz berib turadi. Har ikki holatda ham tizim uchdan besh soniyaga sanaydi, bu jarayonga sirena hamrohlik qiladi, shundan keyin 911 raqami teriladi va do‘stlar yoki qarindoshlarga xabar yuboriladi.

SOS favqulodda qo‘ng‘iroq funksiyasini yoqish tugmachasiga bosib, ushlab turilsa, haqiqatdan ham faollashtirish mumkin: kechasi, uxlayotganda esa buni tasodifan qilib yuborish juda osondir.

SOS favqulodda chaqiruv rejimi WatchOS 4 va iOS 11 chiqishi bilan paydo bo‘ldi hamda foydalanuvchilar xavf tug‘ilgan paytda sezdirmasdan yordam chaqirishiga mo‘ljallangan. 

Ko‘proq yangiliklar: