Apple Watch savdosi hajmi barcha shveysar soatlari savdosi hajmidan oshib ketdi

Fan-texnika 23:31 / 06.02.2020 9146

Ma'lumotlarga ko‘ra, Apple Watch savdosi hajmi 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 36 foizga ko‘proqni tashkil qilgan. Barcha shveysar brendlarining soatlari umumiy savdosi hajmi esa 2019 yilda 13 foizga kamayib, 21,1 mln donani tashkil qilgan.

The Verge nashrining aniqlik kiritishicha, Apple’ning o‘zi Watch soatlari savdosi haqidagi ma'lumotlarni oshkor etmaydi. Strategy Analytics’ning bahosi riteyler va boshqa ishlab chiqaruvchilardan olgan ma'lumotlarga asoslangan. Firmaning ijrochi direktori Nil Moustonning aytishicha, oddiy soatlar yoshi katta iste'molchilar orasida hali ham ommalashgan, biroq yoshlar aqlli soatlar va fitnes-bilakuzuklarni ma'qul ko‘rishmoqda.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Swatch va Tissot shveysar soatlari brendlari smart-soatlarga kurashni boy bermoqda. Apple iste'molchilarga yosh xaridorlarga mo‘ljallangan qiziqroq mahsulot taklif qilmoqda. Bozordagi joriy holat hisobga olinsa, Shveytsariya soatsozlik kompaniyalarida vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirish uchun oz vaqt qolmoqda.

MacRumors nashrining eslatishicha, 2017 yilda Apple bir chorak bo‘yichagina shveysar kompaniyalarini ortda qoldira olgan, biroq yil natijalariga ko‘ra u bunday natijaga ilk bor erisha oldi. 

Ko‘proq yangiliklar: