AQSh federal savdo komissiyasi Facebook’ni shaxsiy ma'lumotlarni qo‘llash qoidalarini buzganlikka tekshirishni boshladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Manbaning aytishicha, komissiya ijtimoiy tarmoq qoidani buzib, Cambridge Analytica kompaniyasiga o‘z foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotlariga kirishga ruxsat berganini tekshiradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampga ishlagan Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook’ning 50 mlndan ko‘proq foydalanuvchisining ma'lumotlarini o‘g‘irlagani ma'lum bo‘lgan.
Bu xabar sababli Facebook aksiyalari qiymati 37 mlrd dollarga kamayib ketgan.