Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi yana bir taklif bilan chiqdi

Jahon 08:07 / 19.03.2018 13792

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati erkaklar va ayollar ish haqini tenglashtirib qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u CBS’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Biz shunday tashabbus ustida ishlamoqdamizki, uning yordamida yaqin kelajakda erkaklar va ayollar ishiga bir xilda haq to‘lanishini kafolatlashga yo‘naltirilgan norma ishlab chiqiladi hamda joriy etiladi», - deya aytib o‘tdi Muhammad bin Salmon.

Shuningdek, shahzodaning ta'kidlashicha, ayollar va erkaklarni teng huquqli deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘z onasini uy qamog‘ida saqlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: