Qashqadaryodagi bozorda yirik yong‘in: talafotlar haqida aniq ma'lumot berildi

Jamiyat 21:20 / 19.03.2018 38401

Bugun, 19 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumani “Mustaqillik shoh” ko‘chasidagi xususiy tadbirkorlarga tegishli savdo rastalarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri viloyat IIB ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

Natijada 220 kvadrat maydon yong‘indan zarar ko‘rgan.

Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, yong‘in haqida berilgan xabardan so‘ng, Qashqadaryo viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi xizmatining yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan yong‘in to‘liq qurshab olinib, jalb qilingan 7ta asosiy yong‘in o‘chirish va 1ta yordamchi avtomobillari yordamida bartaraf etildi. 

Sodir bo‘lgan yong‘indan fuqarolarning tan jarohat olish yoki halok bo‘lishdek noxush holatlari ruy bermadi.

Yong‘in xavfsizligi xizmatining yong‘in o‘chirish bo‘linmalari sa'y-harakati bilan 20dan ortiq savdo do‘koni yong‘indan asrab qolindi.

Foto:  Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: