Amerika milliy qarzi mamlakat tarixida birinchi marta 21 trln dollardan oshib ketdi. Bu haqda CBS AQSh Moliya vazirligi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Donald Tramp AQSh prezidentiga aylanganida bu ko‘rsatkich 19,9 trln dollarni tashkil etgan. Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, Tramp davlat qarzini sakkiz yil davomida yo‘qotish haqida va'da bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Singapurning Broadcom ishlab chiqaruvchisi tomonidan Amerikaning Qualcomm korporatsiyasini sotib olish bo‘yicha kelishuvni bloklab qo‘ygandi.