Bir oy avval ko‘plab ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lgan Xiaomi Redmi Note 5 Pro smartfonining rasmiy anonsi bo‘lib o‘tdi. Bu telefonning kelajagi juda porloq, biroq tez orada uning "qotili" namoyish etiladi - Lenovo S5.
Ishlab chiqaruvchi bir necha soat ilgari Lenovo S5 – Xiaomi Redmi Note 5 Pro'ning haqiqiy "qotili" ekani, u funksional imkoniyatlari bo‘yicha yanada kuchli va qiziq ekani haqida ma'lum qildi. Bundan-da batafsil ma'lumotlar taqdim etilgani yo‘q, biroq kompaniya vakillari qiziq bir jihatga to‘xtalib o‘tishgan: yangi qurilma iOS'da ishlaydi. Ehtimol, gap Android Oreo bazasidagi ZUI 3.5 grafik qobig‘i haqida ketayotgandir.
Lenovo S5 smartfonining rasmiy taqdimoti 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Qurilmaning hech qanday texnik xususiyatlari haqida ma'lumotlar yo‘q. Gap shundaki, Lenovo kompaniyasi mahalliy bozordagi pozitsiyasini shiddat bilan rivojlantirmoqda, shu bois bu telefon uzoq vaqt ichidagi birinchi qurilma bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi smartfon Xiaomi Redmi Note 5 Pro "qotili" sifatida e'tirof etilayotgan ekan, telefon kamida 18:9 tomonlar nisbati va ikki asosiy kameraga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, dasturiy algoritm hisobiga ishlovchi Face Unlock yuz skaneri bilan ta'minlanishi kutilmoqda. Hozirda barcha ishlab chiqaruvchilari o‘z mobil qurilmalariga shu skanerni joriy qilishga harakat qilishmoqda.