Venesuela parlamenti deputati Xose Gerra Apura shtatidagi Elorsa shahri aholi punktiga nomdosh valyutasini ishlab chiqargani haqida ma'lum qildi.
"Naqd pullar bilan bog‘liq inqiroz sabab mahalliy valyutalar muomalaga kiritila boshladi. Mana — Apur shtatidagi Elorsa shahri "elorsa" valyutasini muomalaga kiritdi. Giperinflyatsiya va naqd pullar yetishmovchiligi "mini-markaziy banklar"ning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda", - dedi Gerra.
Bundan avval Venesuelada to‘plangan inflyatsiya darajasi 2017 yilning fevralidan 2018 yilning fevraliga qadar 6000 foizdan ko‘proqqa oshgani haqida ma'lum qilingan edi.