Rustam To‘laganov professional ringda navbatdagi jangini o‘tkazadi

Sport 15:50 / 18.03.2018 14405

2017 yilning oktabr oyida professional faoliyatini boshlagan Rustam To‘laganov o‘zining ikkinchi professional jangini AQShning Chikago shahrida o‘tkazadi. «Sports.uz» xabariga ko‘ra, ushbu jang shu yilning 14 apreliga belgilangan.

To‘laganovga 6 raundlik jangda amerikalik Martez Makgregor raqiblik qiladi. Bu bokschi shu vaqtgacha professional ringda 5ta jang o‘tkazib, 4 g‘alabaga erishgan, bir jangda mag‘lubiyatga uchragan.

Rustam To‘laganov professional ringdagi debyutida amerikalik Robert Gerroni ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: