Xitoy metrosidagi «arvoh-poyezd» videoda muhrlandi

Jahon 20:10 / 18.03.2018 49252

Xitoyning Baotou okrugidagi metro stansiyasida kuzatuv kamerasi “arvoh-poyezd”ni qayd qildi.

Video Hidden Underbelly 2.0 yutub-kanalida joylashtirilgan. Ma'lum qilinishicha, ushbu video kanalga Xitoydan jo‘natilgan. Kanalning ta'kidlashicha, arvoh-poyezd 10 mart kuni videoda qayd qilingan va stansiya xodimlari bu videoyozuvni ko‘rishganda karaxt holga tushishgan.

Ulardan birining aytishicha, u 12 yillik faoliyati davomida bundan dahshatliroq narsani ko‘rmagan.

Videoda stansiyaga yaqinlashayotgan poyezd ovozini yaxshi eshitish mumkin, biroq poyezdning o‘zi deyarli ilg‘anmas bo‘lib, faqatgina oldi faralarini ko‘rish mumkin. Uning qolgan qismi va vagonlari deyarli shaffofdir. 

Poyezd stansiyada go‘yoki yo‘lovchilar kirib-chiqishlarini kutayotgandek bir necha soniya turib, so‘ngra joyidan jilib, yo‘lida davom etadi. 

Videoga berilgan izohlarda foydalanuvchilar turli fikrlar bildirishgan. Kimdirlar poyezdni parallel olamdan deb aytgan bo‘lsalar, boshqalar esa harbiy tajribalar natijasi deb ataganlar. Bunday hodisalarga shubha bilan qarovchilar esa videoni bir videoyozuvning ikkinchisi ustiga qo‘yilishi deyishgan.

Ko‘proq yangiliklar: