MAGATE mutaxassislari O‘zbekistondagi yagona amalda bo‘lgan tadqiqot reaktorining faoliyati bilan tanishdilar. Bu haqda Spot tashkilot saytiga asosan xabar bermoqda.
1959 yilda yaratilgan WWR-SM reaktorining faoliyati 90-yillar boshida deyarli to‘xtatib qo‘yilgan. 2016 yilda reaktor yakuniy tarzda yopildi, ammo 2017 yildan boshlab uning ishini qayta tiklash boshlandi.
MAGATE missiyasi reaktorning holatini o‘rganib chiqqan, uning faoliyati, texnik xizmat ko‘rsatilishi, rekonstruksiyasi va modernizatsiyasi bo‘yicha tavsiyalar bergan. Bularning barchasi atom energetikasini tadqiq etish sohasida uzoq muddatli ishlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Yadro fizikasi institutida joylashgan WWR-SM tadqiqot reaktori asosan izotoplarni ishlab chiqarishda, shuningdek, yadro fizikasi, radiatsiya fizikasi, radiatsiya materiyasi, aktivatsion tahlillar va minerallarning nurlanishi bo‘yicha tadqiqotlar uchun ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston MAGATE bilan hamkorlikni kengaytirayotgani xabar qilingandi.