MRB Kim Chen In va Trampning uchrashuvi asosiy kuratoriga aylandi

Jahon 12:12 / 17.03.2018 8094

KXDR yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning o‘zaro uchrashuvini rejalashtirishda diplomatik idora emas, balki MRB yetakchi o‘rinni egalladi. Bu haqda The New York Times rasmiy manbalarga asosan xabar bermoqda.

Nashrning fikricha, ushbu holat MRB sobiq rahbari, Tramp tomonidan 13 mart kuni yangi davlat kotibi etib tayinlangan Mayk Pompeoning siyosiy ta'siri oshib borayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, bu AQSh Davlat departamentining Tramp va Kim o‘rtasidagi «eng qaltis uchrashuvni» rejalashtirishdagi o‘rni ikkinchi darajaga tushib qolganini anglatadi.

Nashr manbasining ta'kidlashicha, Pompeo MRB hamda Shimoliy Koreya razvedkasi yordamida KXDR vakillari bilan aloqalar ham o‘rnatib bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: