LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi: vaqtingiz va elektr energiyani tejaydi!

Fan-texnika 16:16 / 17.03.2018 6880

Mikroto‘lqinli pech – bu nafaqat bo‘ydoqlarning tanlovi, balki kulinariya jarayonining to‘laqonli ishtirokchisi, undan har bir kishi zavq bilan foydalanadi. Ayniqsa ayollar, sababi mikroto‘lqinli pech vaqtni tejaydi, agarda gap LG NeoChef haqida ketayotgan bo‘lsa, u holda uning yordamida amalga oshirib bo‘lmaydigan hech qanday oshpazlik vazifasi yo‘qdir. Bu oshxonadagi universal yordamchi: zamonaviy, qulay va eng kichik detallargacha o‘ylangan.

I Wave bir tekisda qizdirish texnologiyasi

Barchaga tanish bo‘lgan muammo – ovqatning haddan tashqari qizib ketishi yoki yetarli darajada isitilmasligi. Endi bu o‘tmishda qoldi. LG I Wave maxsus innovatsion texnologiyasi issiqlikning ovqatga chuqur kirib borishi va idish hamda uning chekkasi ham bir xilda isishini ta'minlaydi. Bu mikroto‘lqinlarning spiral harakati tufayli amalga oshiriladi. Siz o‘zingizga kerakli haroratni bir nuqtada emas, balki butun ovqatda olasiz.

Eco ON elektr energiyasini tejash texnologiyasi

Siz Eco ON aqlli texnologiyasi yordamida elektr energiyani sezilarli darajada tejashingiz mumkin. U agarda siz mikroto‘lqinli pechdan besh daqiqa davomida foydalanmasangiz, displey va yoritgichni o‘chirib qo‘yadi. Ichki yoritgich esa oddiysidan uch barobarga yorqinroq – siz uskuna eshikchasini ochmasdan, taom tayyorlanish jarayonini kuzatishingiz mumkin, bu ham kam elektr energiya sarfini kafolatlaydi.

Foto: LG 

Smart Inverter texnologiyasi

Smart Inverter – bu noyob texnologiya bo‘lib, taomlarni odatdagidan tezroq isitish imkonini beradi. Misol uchun, popkorn tayyorlash uchun sizda NeoChef bilan an'anaviy mikroto‘lqinli pechga qaraganda 1,5 marta kamroq vaqt ketadi. 200dan 1000 vattgacha bo‘lgan quvvatni sozlash esa taom bir xilda tayyorlanishini kafolatlaydi, shu bilan birga, nafaqat mahsulot tuzilishi, balki foydali moddalarni ham saqlab qoladi. Intuitiv sensorli boshqarish texnika bilan ishlashni osonlashtiradi, bu mikroto‘lqinli pechni haqiqatdan ham aqlli uskunaga aylantiradi.

Foto: LG 

LG Electronics kompaniyasi har doim o‘z iste'molchilari hayotini osonlashtirishga harakat qiladi, shuning uchun bahorgi bayramlar kunlarida maishiy texnika sotib olish uchun aksiyalar ketmoqda: LG texnikasini sotib olib, sotuvchidan aksiya qatnashuvchisi kartochkasini oling va ajoyib sovg‘alarni qabul qiling. Aktsiya jarayonida siz sochiq, idish-tovoq, sertifikatlar egasiga aylanishingiz, shuningdek, sotib olingan maishiy texnikani premial modelga almashtirish imkoniga ega bo‘lishingiz mumkin. Aktsiyani o‘tkazish shartlari quyidagi saytda batafsil keltirilgan:

Foto: LG 

LG kompaniyasi magnetron qismlari uchun 10 yillik kafolat beradi. LG Electronics kompaniyasi texnikasiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha LG Mijozlarni servisli qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin: 0-800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq bepul. Bu muhim! Raqam to‘liq terilishi kerak.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: