O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi huzuridagi “UzTrade” AJ AQSh bozoriga o‘zbek mahsulotlari eksport yetkazmalarini kengaytirish maqsadida AQShning Golden Natural Product Inc. kompaniyasi bilan AQShga 500 ming dollarlik quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Ushbu eksport shartnomalar “UzTrade” va AQShdagi “UzAmerican trade Corp”savdo uyi o‘rtasidagi kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu kelishuvlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi vaqtida tuzilgan.
Ayni vaqtda “Best Tastes Technology” MChJ qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan UzKand markasi ostidagi keng assortimentdagi quruq mevalarning ilk partiyasi AQShga jo‘natildi.