Joriy yilning 16 mart holatiga ko‘ra, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida 611 ta aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan umumiy summasi 50 204 357,0 mln so‘m bo‘lgan 5 153 655,3 mln.ta aksiya hisobga olingan. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 09 martidan 16 martigacha “O'ztransgaz” AJ, “O'zeltexsanoat” AJ, “Orient Finans” XATB, “Universal Sug’urta” AJ, “Namanganvino” AJning umumiy summasi 344 235,6 mln so‘m bo‘lgan qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalari hisobga olingan.