Shohruh Gadoyev Janubiy Koreya klubiga o‘tdi

Sport 14:20 / 16.03.2018 10361

Toshkentning «Bunyodkor» klubi yarimhimoyachisi Shohruh Gadoyev Janubiy Koreyaning nufuzi jihatdan ikkinchi divizioni sanalagan «Key Liga 2» vakili «Dejon Sitizen» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi jamoa bilan keyinchalik yana bir yilga uzaytirish mumkin bo‘lgan ikki yillik («2+1» ko‘rinishidagi) shartnoma imzolagan.

Gadoyev futbolchi dejonliklar tarkibida 30-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Gadoyev to‘p suradigan «Dejon» jamoasi chempionatning dastlabki ikki uchrashuvida imkoniyatni boy berib qo‘ygan va ligada 10ta jamoa ichida ochko to‘play olmagan yagona jamoa sifatida so‘nggi o‘rinda bormoqda. Jamoa birinchi turda «Buchon 1995», ikkinchi turda esa «Ansan Griners» jamoalariga imkoniyatni boy berdi.

Ko‘proq yangiliklar: