Mercedes-Benz 6,5 metrli Maybach’ni yangiladi

Fan-texnika 08:01 / 16.03.2018 13195

Mercedes-Benz kompaniyasi marka model qatoridagi eng uzun mashina - Mercedes-Maybach Pullman’ning yangilangan versiyasini taqdim etdi. Model Mercedes-Maybach S-Class sedani kabi radiatorga hamda intererning yangi rang kombinatsiyalariga ega bo‘ldi.

Foto: Mercedes-Benz

Tik taxtachaga o‘xshash radiator panjarasi klassik kostyumni eslatib yuboradi. Ishlab chiqaruvchi buni birinchi marta Vision Mercedes-Maybach 6 kontsept-karida qo‘llagan. Shuningdek top variantdagi «Maybax» 20 dyuymlik g‘ildirak disklari va ikki rangli opsional kuzov bilan ajralib turadi.

Foto: Mercedes-Benz

6,5 metr keluvchi limuzin ichini bezash uchun uchta yangi rang taqdim etilgan: kul rang, jigarrang va ko‘k aralash qizg‘ish.

Salonning orqa qismida to‘rt nafarga yaqin yo‘lovchi joylashishi mumkin. Limuzinda mashina old kamerasiga ulanishi mumkin bo‘lgan displey va audiotizim funksiyasi ham bor, u birinchi hamda ikkinchi qatordagi yo‘lovchilarga turli musiqani tinglash imkonini beradi.

Foto: Mercedes-Benz
Foto: Mercedes-Benz
Foto: Mercedes-Benz
Foto: Mercedes-Benz
Foto: Mercedes-Benz

Mercedes-Maybach Pullman kapoti ostida 630 ot kuchiga ega olti litrlik V12 dvigateli joylashgan. Limuzin «yuzga» 6,5 soniyada chiqishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: