Qashqadaryoda 3 yoshli bola singlisi yotgan beshikni yoqib yubordi

Jamiyat 10:20 / 16.03.2018 26634

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 14 mart kuni soat 14.30larda Achchig‘i MFY Qatag‘on mahallasida yashovchi, 2015 yilda tug‘ilgan J.I. uyida nazoratsiz qolishi oqibatida gugurt o‘ynab, beshikni yoqib yuborgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida beshik va ko‘rpacha qisman yonib zarar ko‘rgan hamda beshikda yotgan chaqaloq Z.I. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘proq yangiliklar: