Chinozda pichoqbozlik ro‘y berdi 

Jamiyat 12:06 / 16.03.2018 10821

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida pichoqbozlik ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 13 mart kuni soat 19.00larda Bahor ko‘chasida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan I.R. Turkiston ko‘chasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan F.Sh.ning uyida Bahor ko‘chasida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan N.N. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilib, kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida I.R. N.N.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada N.N. kasalxonaga yotqizilgan. I.R. qo‘lga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: