Audi kompaniyasi yangi krossoverini Shanxayda taqdim qiladi

Fan-texnika 21:41 / 16.03.2018 9219

Audi kompaniyasi yangi seriyali krossoveri Q8’ni 2018 yil iyunda Shanxay avtosalonida taqdim qiladi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi a'zolaridan biri Piter Mertensga iqtibos keltirgan holda Motor1 nashri xabar bermoqda. Mertens bu haqda brendning har yilgi matbuot anjumanida aytib o‘tgan. Top-menejyerning ta'kidlashicha, krossover “Q modellar oilasining yangi qiyofasi” bo‘ladi.

Model hozirda 2-avloddagi Q7 modeli yig‘ilayotgan Bratislavadagi zavodda ishlab chiqariladi. Yangi krossoverning narx 110 ming yevrodan oshadi. Kupesimon krossover jahon bozorida BMW X6 va Mercedes-Benz GLE Coupe bilan raqobatchilik qiladi. 

Foto:Motor1.com  

Avtomobil Yevropada sinov vaqtida bir necha marta payqalgan. Suratlarga ko‘ra, mashina dizayni 2017 yil martda Jyeneva avtosalonida debyut qilgan Q8 Sport prototipini to‘liq takrorlaydi.

Foto:Motor1.com

Mashinaning texnik ko‘rsatkichlari sir tutilmoqda. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, krossoverning motor gammasiga dizel va benzinli  V6 va V8 turbonadduvli dvigatellar viradi.

Model keyinroq SQ8 deb nomlanuvchi sport versiyasini oladi va u BMW X6 M bilan raqobat qiladi. Kroscoverning tarkibiga 3 litrli, 444 ot kuchiga ega benzinda ishlovchi dvigatel TFSI V6 va elektromotor kiradi. Ularning umumiy quvvati 470 ot kuchini tashkil qiladi. 

Foto:Motor1.com
Foto:Motor1.com

 

Ko‘proq yangiliklar: