Eksport siyosatida marketing qanday olib boriladi?

Iqtisodiyot 13:10 / 15.03.2018 8196

Agar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan o‘tish davrida olib borilgan iqtisodiyot siyosatini negizi haqida gapiradigan bo‘lsak, ushbu vaqtni ichki ishlab chiqarish yo‘nalishlarni rivojlantirish, milliy ishlab chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash payti deb tasvirlasa bo‘ladi. Ushbu siyosatning asosiy omili bu ichki ishlab chiqaruvchilarni qattiq himoya qilish bojxona-tarifli hamda bojxonasiz tartiblash elementlari aralashgan tizim hamda rasmiy kurs bo‘yicha valyuta almashtirish imkoniyati bo‘lgan milliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dollarga nisbatan yuqori darajada oshirilgan kursga ega milliy valyuta siyosatidir. Xuddi shu kursning o‘zi milliy iste'mol mahsulotlari importini pasaytirishga qaratilgan.

Buning natijasida o‘nlab yangi uyushmalar hamda rivojlanish darajasi katta bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p ishlab chiqarish yo‘nalishlari yuzaga keldi. Bunga misol yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi uyushmalar va o‘nlab avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi xususiy firmalarni o‘z ichiga olgan avtomobil klasteridir. Hozirda kichik va xususiy biznesda turli xil mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi hamda ichki bozorni faol egallayotgan mulkdorlar shakllangan.

Hozirda bo‘lib o‘tayotgan islohotlar import o‘rnini bosish modeli doirasida o‘sish imkoniyati cheklanganligidan kelib chiqmoqda. Ushbu modelning natijalaridan kelib chiqib, yangi modelga o‘tish chora-tadbirlarini ko‘rish darkor.

Hozirda, O‘zbekistonda uzoq vaqtga mo‘ljallangan siyosiy, iqtisodiy va davlatning ijtimoiy modernizatsiya strategiyasini amalga oshirish niyatida import o‘rnini bosish siyosatidan eksportga yo‘naltirilgan siyosatga ketma-ket o‘tish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning amalga oshirayotgan islohotlar dasturidagi asosiy yo‘nalishi – bu import o‘rnini bosish modelidan faol sanoat siyosatiga hamda O‘zbekistonning avvalgi bosqichida boshlangan agrar-sanoat tartibdan sanoat tartibga o‘tish tizimiga tayanuvchi eksportga mo‘ljallangan modelga ketma-ket o‘tishdir.

Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lib saylangan paytdan boshlangan ushbu yangi bosqichda, yuqori darajaga ko‘tarilish, eksportga mo‘ljallangan rivojlanishga qaratilgan raqobatga chidamli iqtisodiyotni shakllantirish, yuqorida aytilgan muammolarni bartaraf etish zarur edi. Besh yil oldin eksport bilan shug‘ullanadigan xususiy korxonalar yetishmaganligi sababli, yangi modelga o‘tish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi. Hozirda esa ushbu korxonalar kerakli darajada shakllandi. Agar, davlat eksportida kichik hamda xususiy biznesning o‘rni 10 foizdan past bo‘lsa, eksportga mo‘ljallangan iqtisodning rivojlanishi to‘g‘risida gapirish juda qiyindir. Kichik va xususiy biznes segmentining atigi 20 foizi mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Qolgan qismi esa xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritadi. Ularning o‘sishiga sharoit yaratish uchun jadal rivojlanish zarur. Yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish ishlari 2016 yilning kuz faslida boshlab yuborildi.

Oxirgi yilda hukumat tomonidan olib borilayotgan faoliyat haqida gapiradigan bo‘lsak, mening fikrimcha, eksportga mo‘ljallangan iqtisodiyotning rivojlanishini jadallashtirish faoliyati yuqori darajada tizimlashtirilgan.

O‘tgan yilda eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun chet el valyutasining ayrim qismini majburiy sotish tizimi bekor qilinganiligi, rasmiy va norasmiy valyuta kurslarining birlashtirilganligi, milliy valyutaning kursi deyarli 100 foiz pasayishiga olib keldi (bu degani, amalga oshirilgan choralar aynan eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan).

Ushbu faktorlar eksportni o‘sishiga hamda eksportga mo‘ljallangan modelni shakllantirishga qaratilgan va eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalar uchun juda qulaydir.

2017 yilning 15 dekabr kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta'minlash va eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. Ushbu hujjat qonun tomonidan o‘ziga xos deb hisoblangan mahsulotlardan tashqari barcha eksport qilinayotgan mahsulotlarni bojdan ozod qildi va eksportni litsenziyalashtirishni bekor qildi.

Avvallari O‘zbekistonda eksport oldi moliyalashtirish faoliyati hech qachon olib borilmagan edi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston banklari tomonidan eksport oldi moliyalashtirish mexanizmlarini tatbiq etish ishlari boshlandi. Bu esa eksportga mo‘ljallangan rivojlanish tizimini faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Shunday qilib, davlat iqtisodiyotini import o‘rnini bosish modelidan eksportni rivojlantirish modeliga o‘tish ishlari olib borilmoqda.

Eksportni rivojlantirishning asosiy omili bu eksport qilinadigan bozorlarni hamda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni diversifikatsiyalashtirishdir.

Bozorlarni diversifikatsiyalashtirish – bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sotiladigan davlatlar sonini ko‘paytirishdir va geografiyasini kengaytirish.

Eksport qilinayotgan mahsulotlarni diversifikatsiyalashtirish – bu eksport qilinayotgan mahsulotlarning turlarini oshirishdir.

Hozirda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan Markaziy Osiyo va uning atrofida joylashgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlarda sotilmoqda. Bizning maqsadimiz nafaqat Markaziy Osiyo, balki, undan tashqari davlatlarda ham o‘z mahsulotlarimizni sotishdir. Buning uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Ammo, aytish joizki, muammolar ham yetarli.

Birinchi o‘rinda raqobat. Xitoy, Pokiston, Eron va boshqa davlatlar bilan kuchli raqobat mavjud.

Bizni eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalarni, hamda ularning mahsulotlarini chet el bozorlarida hech kim kutmayotganini va ularni zabt etish zarurligini barchamiz tushunib yetishimiz zarur. Buni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi omillardan biri yangi bozorga kirib borishda mahsulot narxini arzonroq qilish marketing strategiyasi. Ushbu strategiya dunyoda keng qo‘llaniladi. Odatda, bu strategiyani agressiv eksport siyosatini olib boruvchi davlatlar korxonalari qo‘llaydi (Xitoy, Janubiy Koreya, Eron korxonalari).

Uning asosiy ma'nosi shundaki, eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalar ist'yemolchilar ishonchini qozonish va yangi bozorga kirib borish uchun o‘z mahsulotlarini arzonroq narxda sotishadi. Ular yangi bozorga kirib borish uchun mahsulotlarini eng arzon narxda hech qanday daromadsiz va ayrim bosqichlarda hattoki ziyon keltiruvchi narxlarda ham sotishlari mumkin. Faqatgina bozorga to‘liq qirib borgandan va iste'molchilar ishonchini qozongandan keyingina narxlarni ko‘tarish va hattoki bozorga o‘z qonun qoidalarini singdirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni chet elga eksport qilish bo‘yicha yetakchi davlatlar hisoblangan Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar (Samsung, Hyunday, Midea, Arçelik va boshqalar) tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, kompaniyalar o‘z mahsulotining narxini eksport qilayotgan davlatlardagi bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda belgilashadi va raqobatdoshlariga nisbatan arzonroq narxda sotishadi. Ko‘p hollarda, ushbu narxlar mahsulot ishlab chiqarilgan davlatda sotilayotgan narxlarldan ancha arzon.

Xususan, Xitoyda ishlab chiqarilgan televizorlar bo‘yicha quyidagi vaziyat kuzatilmoqda.

Birinchi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning narxi, Xitoy korxonalarining marketing hujumining mo‘ljali bo‘lmish Markaziy Osiyo bozorlariga qaraganda qimmatroq. Xuddi shunday vaziyat sovutgichlarda ham kuzatilmoqda.

Ikkinchi jadval ko‘rsatib turganidek, Xitoy sovutgichlarining narxi Xitoyda va Markaziy Osiyo bozorlarida 5-6 foizga farq qiladi, ayrim sovutgichlar markalarida esa narx 30 foizgacha farqlanishi mumkin.

O‘zbek eksporti bilan shug‘ullanayotgan korxonalar tomonidan qo‘shni davlatlarning bozorlarini zabt etish jarayoni ham dastlabki narxlar dempingi strategiyasi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu marketing strategiyasi o‘zbek avtomobil texnikasini qo‘shni davlatlarda sotishda qo‘llaniladi. Qozog‘iston hamda Qirg‘izistonda eksport va ichki narxlarning orasidagi farq esa ayrim vaziyatlarda 10-20 foizni tashkil qiladi.

Hozirda qo‘shni davlatlar bozorlarini mahalliy plastmassadan yasalgan mahsulotlar (quvurlar, mebel, idish-tovoq), mebel, maishiy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar faol zabt etmoqda, xususan, ular o‘z mahsulotlarini eksportda 5 foizdan 15-20 foizgacha arzon narxlar belgilab, ana shunday agressiv narxlar siyosatini olib bormoqdalar. Mebel ishlab chiqaruvchilar bilan ham shunday holat kuzatilmoqda.

Elektrotexnika ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z mahsulotlarini Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston bozorlarida faol sotishda bunday siyosatni qo‘llashni bir-bir yarim yil oldin boshlagan, bu esa O‘zbekiston bozoridagi ichki narxlaridan 10-20 foiz farq qiladi.

Aytish mumkinki, 2021 yilgacha bo‘lgan davrda iqtisodiy islohotlar strategiyasi yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi ortib, mahalliy mahsulotlar eksportini faollashtirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishni nazarda tutadi. Bu holda eksport tarkibidagi xom ashyo ulushini kamaytirish va yuqori qiymatli qo‘shimcha mahsulotlar ulushini ko‘paytirish zarur.

Iqtisodiy transformatsiya eksportga yo‘naltirilgan iqtisodni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim, eksport o‘sishi esa qo‘shimcha (asosiy bo‘lmagan) mahsulotlar eksport miqdorini ko‘paytirish yordamida amalga oshirilishi lozim.

Bu turdagi mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini ta'minlashning asosiy yo‘li hisoblanadi. Aynan shu eksport xom ashyo va ehtiyot qismlarni import qilish uchun zarur bo‘lgan valyutaning tushimini ta'minlaydi.

Ayni paytda eksport o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining raqobatbardoshligi (meva, sabzavot mahsulotlari, to‘qimachilik va boshqalar)ga ega bo‘lgan mahsulotlarning ko‘rsatgichi past darajada ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekistonning eksport tuzilmasini yuqori daromadli o‘rtacha guruh bilan taqqoslaydigan bo‘lsak (aholi jon boshiga 9 ming AQSh dollar) tovarlar eksportining umumiy hajmida tayyor mahsulot ulushida jiddiy bo‘shliqni ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich Makedoniya va Turkiyada – 2,1 marta, Tailand va Ruminiyada – 2 marta, Malayziyada – 1,6 martani tashkil qiladi.

Shuningdek, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy siyosatning asosiy vazifasi qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda yuqori qiymatli qo‘shimcha mahsulotlar ishlab chiqarishni taqozo etadi.

Baxtiyor Ergashev,
mustaqil ekspert

Ko‘proq yangiliklar: