O‘zbekiston 1 milliard dollarga teng yevrobondlarni joylashtiradi

Iqtisodiyot 23:30 / 14.03.2018 20591

O‘zbekiston 2018 yilda suveren kredit reytingini qo‘lga kiritgan sharoitda birinchi marta 1 milliard dollariga teng miqdorda yevrobondlar joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

“Yevrobondlar bozoriga chiqish, shuningdek, obligatsiyalar hajmi bo‘yicha yakuniy qarorni prezident qabul qiladi. Ayni paytda shuni ta'kidlash lozimki, bondlar 1 milliard AQSh dollari teng miqdorda joylashtiriladi”, deydi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston dunyoda suveren reytingga ega bo‘lmagan kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakatning suveren reytingga ega bo‘lmasligi uning sub'yektlarining - emitentlar, xususan, banklar va sug‘urta tashkilotlarining yuqoriroq moliyaviy reytingga da'vo qilishini qiyinlashtiradi. Mamlakat tomonidan bondlar chiqarilishi suveren reyting olishdagi dastlabki zaruriy qadamlardan biridir.

Ko‘proq yangiliklar: