Rossiyaning eng yirik 10 kompaniyasi sirasiga kiruvchi Jet Infosystems tizimli integratori Toshkentda o‘zining vakolatxonasi - Jet Infosystems Central Asia'ni ochdi.
Jet Infosystems quyidagi IT-yechimlari va xizmatlariga ixtisoslashgan:
- ma'lumotlar bilan ishlash markazi (MIM);
- korporativ darajadagi hisoblash va dasturlash komplekslarini (shu jumladan, sun'iy intellekt asosida maxsus telekom yechimlari, tizimlar) yaratish;
- tarmoq infratuzilmasi;
- multimedia-platformalari;
- ma'lumot xavfsizligi (MX) tizimlarini loyihalash va yaratish;
- IT va MX sohasida texnik qo‘llab-quvvatlash;
- autsorting va konsalting.
Kompaniya RF va MDH hududida 13 ta ofis va vakolatxonasiga ega. Jet Infosystems'ga asos solinganiga 25 yildan ortiq vaqt bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib u MDH va Rossiya mamlakatlari IT-bozori yetakchisi hisoblanadi.
Jet Infosystems'ga tizimli agregatori 2006 yildan beri O‘zbekiston bozorida ishlaydi. O‘shandan buyon IT -xizmatlarga mahalliy ishlab chiqaruvchilardan tushayotgan buyurtmalar soni sakkiz baravarga oshgan. Jet Infosystems 12 yil ichida O‘zbekistonda 25 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. Kompaniya yirik kompaniyalarga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etib, ularning biznesi rivoji va takomillashuvini ta'minlaydi.
"Jet Infosystems rivojlanish strategiyasining bir qismi sifatida joriy yilda O‘zbekistonda kompaniya rasmiy vakolatxonasi ochildi, - deya ta'kidlaydi „Jet Infosystems“ kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari, aksiyador Andrey Samoylov. - Bugungi kunda O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalar va eng yangi IT-yechimlarga bo‘lgan katta qiziqishni ko‘rish mumkin, IT sohasidagi davlat siyosati esa iqtisodiyotning turli tarmoqlarida rivojlanishga sezilarli darajada imkoniyatlarni ochib berdi. Ishontirib aytamanki, kompaniyaning 25 yildan ortiq tarixi davomida to‘plagan tajribasi, shuningdek IT-mutaxassislarimizning tekshiruvlari eng murakkab texnologik masalalarni yechishda yordam beradi va O‘zbekistonning raqamli o‘zgarishlari uchun imkoniyatlar yaratadi".
Jet Infosystems'ning o‘ziga xos jihatlaridan biri u har qanday sohada sanoat ekspertizasini taqdim eta oladi. Kompaniya har bir mamlakat madaniyatini yaxshi o‘rganib, joylarda sifatli xizmat ko‘rsatadi.
Kompaniya Oracle, SAP, IBM, VMware, Hitachi, Cisco, HP, Dell EMC va boshqa ko‘plab shu kabi ishlab chiqaruvchilarning AT-yechimlari rasmiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. 1991 yildan boshlab Rossiya va MDHining 500 dan ortiq korxona va tashkilotlari "Jet Infosystems"ning buyurtmachisiga aylangan.
Jet Infosystems haqidagi batafsil ma'lumotlarni kompaniyaning facebook, twitter, telegram va shaxsiy www.jet.su sahifasi olish mumkin bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida