Yanvar-fevralda turli viloyatlar aholisi xaridlarga qancha sarfladi?

Iqtisodiyot 14:45 / 14.03.2018 14327

2018 yilning yanvar-fevral oylarida o‘rtacha jon boshiga tovar aylanmasining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (1535,1 ming so‘m), Navoiy viloyati (683,9 ming so‘m) va Toshkent viloyatida (602,3 ming so‘m) kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Mamlakat bo‘ylab chakana savdo tovar aylanmasi aholi jon boshiga 0,3%ga oshib, 533,5 ming so‘mni tashkil etdi (2017 yil yanvar-fevral oylarida 434,0 ming so‘mni tashkil qilgan edi).

Ovqatlanish tashkilotlarining chakana tovar aylanmasi hajmi 404,0 mlrd so‘mni tashkil etdi va 5,0%ga kamaydi. Chakana savdo tovar aylanmasining umumiy hajmida ovqatlanish korxonalarining ulushi 2,3%ni tashkil etdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: