Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik qiluvchi shaxslardan soliq undirish tartibi o‘zgardi

Iqtisodiyot 15:28 / 13.03.2018 31929

Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat'iy belgilangan soliqni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar beryapti.

Mazkur Nizomga Soliq kodeksiga muvofiq tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, qat'iy belgilangan soliq bo‘yicha soliq majburiyatlarini uzish har oy teng ulushlarda har oyning 10-sanasidan kechiktirmay amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avval mazkur soliq turini to‘lash har oyning 25-sanasidan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim edi.

Ko‘proq yangiliklar: