Yaponiyada sunamidan himoyalovchi 12 metrli devorlar qad ko‘tarmoqda

Jahon 22:40 / 13.03.2018 10756

2011 yilning 11 martida "Sharqiy Yaponiyaning buyuk zilzilasi" ro‘y berdi - mamlakatning bu qismida mamlakat tarixidagi eng kuchli - 9,0 magnitudali tabiiy ofat qayd etildi. Yer silkinishi kuchli sunamini qo‘zg‘adi va u turli shaharlarda 160 mingdan ziyod uyni yo‘q qildi, shu bilan birga, 16 ming kishining o‘limi hamda «Fukusima-1» yadroviy stansiyasi avariyasiga sabab bo‘ldi.

Fojia takrorlanishining oldini olish uchun Yaponiya hukumati standart to‘lqinkesuvchi qurilmalarni 12 metrli devorlarga almashtira boshladi, asosiy zarblar shu devorlarga borib urilishi ko‘zda tutilgan. 2018 yilga kelib yaponlar 400 kilometrga yaqin to‘siqlarni qurib bitirishgan — ularning narxi 12 milliard dollardan ortiqni tashkil qildi.

Foto:Reuters\Kim Ken-xuna
Foto:Reuters\Kim Ken-xuna

"Hatto to‘lqin devordan baland ko‘tarilsa ham - odamlarda evakuatsiya uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi", - dedi tadqiqotchi Xiroyasu Kavai Reuters'ga bergan intervyusida. Devorlar qurilishi hali bitmagan: Japan Times ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda rejadagi himoya tizimlarining bor-yo‘g‘i beshdan bir qismini qurib bitkazilgan.

Mahalliy aholi dastlab devorlar qurilishini qo‘llab-quvvatladi. Biroq sakkiz yil o‘tib, ular hukumat devorlar qurilishi davomida aholi bilan maslahatlashmaganini aytishmoqda. Shu bois mudofaa tizimi haddan tashqari baland chiqqan: u dengizni to‘sib turibdi, baliqchilarga xalaqit bermoqda va aholi o‘zini tutqunlikda his qilishiga olib kelmoqda.

"Go‘yoki barchamiz ulkan qamoqxonada yashaydiganga o‘xshaymiz. Holbuki hech qanday yomon ish qilganimiz yo‘q".

Atsusi Fudzita, baliqchi

Boshqa fuqarolar esa ulkan beton to‘siqlar sayyohlarni qo‘rqitayotganini ta'kidlashmoqda.

Foto:Reuters\Kim Ken-xuna
Foto: Reuters\Kim Ken-xuna
Foto:Reuters\Kim Ken-xuna

Ba'zi devorlarda kichik darchalar qilingan bo‘lib, ular orqali dengizni ko‘rish mumkin.

Foto:Reuters\Kim Ken-xuna
Foto:Reuters\Kim Ken-xuna

Yaponlarning bir qismi mudofaa to‘siqlariga yaxshi munosabatda: ularning fikricha, zilzila va sunami natijasida vayron bo‘lgan joylarga odamlar qaytishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ular uchun devor — 2011 yildagi fojia takrorlanmasligi uchun kafolat. Biroq hamma ham ularning fikrini qo‘llab-quvvatlamaydi. "Biz avloddan avlodga o‘tib, shu dengiz bo‘yida yashaganmiz. Endi esa devor bizni ajratib turibdi. Bunga chidab bo‘lmaydi", - dedi mahalliy tadbirkor Sotaru Usui.

Foto:Reuters\Kim Ken-xuna

 

Ko‘proq yangiliklar: