Shifokorlar smartfonlarning odamlarni aqlsizroq qilishi sababini tushuntirishdi 

Fan-texnika 09:26 / 12.03.2018 20227

Messenjer, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar haqidagi ogohlantirishlar, uchrashuv va qo‘ng‘iroq haqidagi eslatmalar, smartfonlardagi budilniklar – bularning barchasi inson ruhiyatini barbod qiladi. Zamonaviy qurilmalarning ziyoni haqida endokrinolog shifokor Business insider nashriga so‘zlab berdi.

Smartfonlardagi doimiy ogohlantirishlar stress holatini oshirib, inson organizmini ta'sir etuvchilarga javob berishga majbur qiladi. Stress, o‘z navbatida, kortizol gormoni ishlab chiqarilishiga olib keladi, uning katta miqdorda bo‘lishi esa miyaning muhim fikrlash funksiyalariga javob beruvchi prefrontal qobig‘ining shikastlanishiga sabab bo‘ladi. 

Smartfonning inson miyasiga salbiy ta'sirining birinchi alomati sifatida “fantom” (xayoliy) vibratsiya va telefon signallarini aytish mumkin. Inson o‘z qurilmasidan aslida mavjud bo‘lmagan xabarlar olishini his qilishi ko‘pchilikda bo‘ladi.

Organizmni bundan himoyalashning variantlaridan biri, jamoat joylarida tamaki chekish taqiqlanganidek, gadjyetdan muayyan joylar va vaqtda foydalanishni taqiqlash hisoblanadi. Bunday choralar miyamizga dam olishga yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: