Dollar va yevro kursi pasayishda davom etdi

Iqtisodiyot 14:20 / 12.03.2018 32715

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 13 martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 23.40 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 8140 so‘mu 6 tiyinga teng bo‘lib turibdi. 

Bir yevro kursi 28,84 so‘mga arzonlab, 10030,18 so‘mga tushgan.

1 Rossiya rubli kursi esa 0,20 so‘mga pasayib, 143,37 so‘mni tashkil qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: