Turkiyada ko‘chmas mulk sotib olayotgan xorijliklar bo‘yicha hisobot berildi

Iqtisodiyot 23:35 / 09.03.2018 8933

2017 yilda Turkiyada xorijliklar 4,6 milliard dollarlik ko‘chmas mulkni qo‘lga kiritishdi, bu 2016 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 19,4 foizga ko‘pdir. İş Bankası hisoboti shundan dalolat bermoqda. 

Xorijliklar o‘tgan yili Turkiyada 22 234 ta ko‘chmas mulk obektini xarid qilishgan, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 22,2 foizga ko‘p demakdir.

Istanbulda chet elliklar 8182 ta ko‘chmas mulk obektini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Antalyada – 4707, Bursada – 1474, Yalovada – 1079, Trabzonda – 978, Aydinda – 826, Anqarada – 817, Sakareda – 770, Mug‘lada – 634, Mersinda – 600 obektni xarid qilishgan.

2013 yilda xorijliklar Turkiyada 12 181 ko‘chmas mulk obektini sotib olishgan, 2014 yilda – 18 959, 2015 yilda – 22 830, 2016 yilda – 18 189, 2017 yilda – 22 234.

O‘tgan yili Iroq fuqarolari Turkiyada 3805 ko‘chmas mulk obektini qo‘lga kiritishgan, Saudiya Arabistoni fuqarolari – 3345, Kuvayt fuqarolari – 1691, Rossiya fuqarolari – 1331 va Afg‘oniston fuqarolari – 1078.

Hisobotga ko‘ra, Ozarboyjon fuqarolari Turkiyada - 942, Buyuk Britaniya fuqarolari - 794, Germaniya fuqarolari - 772, Eron fuqarolari – 792, Misr fuqarolari – 587 ta ko‘chmas mulk obektini qo‘lga kiritishgan. Yana 7311 obekt boshqa mamlakatlar fuqarolari tomonidan sotib olingan.

Ko‘proq yangiliklar: