Shveytsariyaning Jyenevasida o‘tadigan avtosalon o‘z eshiklarini tashrif buyuruvchilarga 8 mart kuni ochadi, biroq ungacha premeralar oqimi boshlab yuborildi. Kolesa.ru avtosalondan nimalarni kutish, nimalarga e'tibor berish va qaysi yangiliklar eng qiziq bo‘lishi haqida hikoya qildi.
Kia Seed
Koreys avtomobili K2 yangi platformasida qurilgan bo‘lib, gabarit o‘lchamlari minimal tarzda o‘zgartirildi: xususan, uning uzunligi va g‘ildiraklar bazasi avvalgisidek qoldirildi.
Toyota Supra
«Afsonaning qaytishi»: yaponlar oz emas, ko‘p emas, o‘z sportkupesining premerasini aynan mana shunday anons qilmoqda. Yaponlarning gibrid texnologiyalar sohasidagi ishlanmalari va tajribasi hisobga olinsa, bunday kupe haydovchilarga alohida bir tajriba taqdim etishi mumkin.
BMW Z4
BMW ham yaponlardan ortda qolishni istamayapti: ular o‘zining Z4 kontseptini avval ham namoyish etib bo‘lishgan edi, Jyenevada esa seriyali yoki seriyaoldi rodsterning debyuti bo‘lib o‘tsa kerak. Biroq hozirdanoq bavariyaliklar mashina dizayni uchun kuchni ayamaganini qayd etish mumkin. Ommaga faqat rodster namoyish etilgan, kelgusida esa qattiq tomli avtomobil ham paydo bo‘lish ehtimoli yo‘q emas.
Suzuki Jimny
Ertami-kechi har bir avtomobil yangilanishga duchor bo‘ladi — hattoki vaqtni pisand etmaydigan Land Rover Defender yoki Suzuki Jimny kabilari ham. «Britaniyalik»dan farqli o‘laroq Jimny o‘ziga xos qirralar — ko‘zga tashlanmaydigan va eskicha ko‘rinishni saqlab qoladigandek, lekin bu yerda «baxtga ko‘ra» degan so‘z o‘rinli, axir aynan shu jihati uchun uni sevishadi-da.
Hyundai Kona Electric
Bu mashina yevropaliklarni qiziqtiruvchi mashinalar sirasiga kiradi: elektrlashtirilgan Kona boshqa qit'alarga yetkazilmasligi kafolatlangan. Koreys krossoveri elektrik ekologikligi bilangina emas, real vaziyatda foydalanish muddatining uzoqligi bilan ham e'tibor qozonmoqchi: bir zaryadlash bilan u 400 km yo‘l bosa oladi.
Jaguar I-Pace
Britaniyaliklar o‘zlarining ilk elektromobillari uchun formatni tasodifan emas, iste'molchilarning istaklari va bozorning yangi talablari asosida tanlashgan. I-Pace allaqachon sinovlarning to‘liq siklini o‘z boshidan kechirib bo‘lgan va seriyali ishlab chiqarilishga tayyor.
Mercedes-AMG GT4
Dunyo o‘zgarmoqda: «to‘rt eshikli kupe» allaqachon hech kimni taajjubga solmayapti, hattoki besh eshikli «kross kupe» ham. Bularning fonida nemislar tarafidan Mercedes-AMG nomi ostida to‘rt eshikli modelning ishlab chiqarilishi kutilgan hodisa o‘laroq qabul qilindi, boz ustiga, g‘oyaviy raqobatchilarda allaqachon Porsche Panamera bor.
Lancia Stratos
Jyenevada sportcha avtomobillar juda ko‘p bo‘ladi, lekin bunisi, shubhasiz, eng qiziqarlilaridan biridir. Afsonaviy Lancia Stratos’ning zamonaviy ijroda qayta tiriltirilishi na Lancia, na FCA konserniga aloqador emas, u Italiyaning Manifattura Automobili Torino xususiy atelesida yig‘iladi. Atele egasi bunday mashinalarning 25 donasini ishlab chiqarishga litsenziya olgan. Uning 835 ming dollarlik narxi ham eksklyuziv ixlosmandlarini aslo cho‘chitmasa kerak.
Skoda Vision X
Bu yerda ishtirok etadigan ko‘plab avtomobillardan farqli o‘laroq, Vision X hali seriyali emas: Jyenevada kontsept debyut qiladi. Biroq Skoda seriyali ishlab chiqarishni uzoq kuttirmaydigan kompaniya sanaladi.
Peugeot 508
Paydo bo‘lishi juda ko‘pchilik tomonidan bashorat qilingan va kutilgan sedan premera oldidan maxfiylikdan xalos bo‘ldi, ertasi kuniyoq rasmiy reliz e'lon qilindi.
Hyundai Santa Fe
Yangi Santa Fe’ning tashqi ko‘rinishi krossoverning Koreyadagi rasmiy taqdimotidan ham avval ma'lum bo‘lib ulgurgan edi. Kutilganidek, avtomobil motori avvalgi modellardan meros, faqat unga sakkiz pog‘onali avtomat ham qo‘shilgan.
Mercedes-AMG G 63
G-Class o‘zi u qadar yangilik sanalmaydi, garchi Detroytdagi debyutidan so‘ng o‘ziga katta e'tiborni jalb qilib kelayotgan bo‘lsa-da. Yaqinda bizga G 63 yangilangan variantni taqdim etishdi va uning «tirigi»ni ilk bora aynan Jyeneva avtosalonida ko‘ramiz.
BMW X4
Yangi X3 chiqqanidan sung X4 ning yangi avlodi debyuti kutilayotgan hodisa edi, mana, shu kunlarga ham yetib keldik. Ommani yangi stildagi orqa optikasi hayratlantirishi mumkin, lekin texnik jihatdan mashina baribir o‘sha X3 ning o‘zginasi.
Corbellati Missile
Superkarlar — doimo qiziqarli mavzu bo‘lgan, ambitsiyali va unikallari esa ikki karra qiziqroq. Corbellati kompaniyasi mart oyida ilk bor o‘zining Missile nomi ostidagi avtomobilini taqdim etadi. Ishlab chiqaruvchi o‘z avtomobiliga «super» emas, «giper» atamasi ishlatilishini istaydi, chunki bu avtomobilning tezligi soatiga 500 km.dan oshadi. Quvvati esa 1850 ot kuchi.
Citroyon Berlingo
Agar Citroyon modullar chizig‘ini kuzatmasangiz, qo‘shimcha shipshitishlarsiz yangi Berlingo’ni tanimaslik mumkin, chunki u fransuzlar uchun xos bo‘lgan yechimlar bilan to‘lib toshgan. Biroq bu hol model uchun juda foydali, chunki aynan shunday «xos» yechimlar Sitroenlarni taniqli qiladi.
Peugeot Rifter
Citroyon’dan farqli o‘laroq, Peugeot’dan uning egizagi Berlingo nafaqat avlodini, shuningdek ismini ham o‘zgartirdi: endi u Partner emas Rifter deb ataladi. Texnik jihatdan u Berlingo’ga juda o‘xshash.
Lexus UX
Yaponlar mazkur avtomobilning kontseptini 2016 yildayoq namoyish etishgan, u seriyali ishlab chiqariladimi-yo‘qmi bir-ikki haftadan so‘ng aniq bilib olamiz.
Mercedes-Benz EQC
Agar Hyundai’ning elektr Kona’si yoki Jaguar’ning I-Pace’si sizni elektr krossoverlar tug‘ilayotganini inontira olmasa, bu mashina yakuniy va yengib bo‘lmas dalil hisoblanadi. Mercedes-Benz ham segmentga birinchilardan bo‘lib chiqib kelishni mo‘ljallaganlardan: Jyenevada nemislar o‘zlarining seriyali ishlab chiqariladigan EQC’ini namoyish etishadi.
Volvo V60
Shvedlar Jyeneva avtosaloni arafasida o‘zlarining yangi V60’ini ishlab chiqarishdi va uni ikkilanmasdan «tanish mahsulotlardan tayyorlangan kokteyl» deb atash mumkin. Dizaynerlik yechimlari «keksaroq» V90’dan, vertikal «planshetli» interer XC60 krossoveriniki bilan bir xil.