Putin Trampning rafiqasini qanday aldagani haqida hikoya qilib berdi

Foto: EPA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalist Vladimir Solovyovning «Jahon tartibi 2018» nomli hujjatli filmida AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya Tramp bilan nima haqida gaplashgani va uni nima deb aldaganini hikoya qilib berdi.
Putinning aytishicha, o‘tgan yil Hamburgda o‘tgan «G 20» davlatlari yig‘ilishi doirasida kechgan suhbat chog‘ida ular AQShning birinchi xonimi bilan Sibir yo‘lbarslari, Kamchatka ayiqlari va albatta baliq ovlash haqida gaplashishgan.
«Albatta, men ovlagan balig‘imning ulkanligi haqida biroz mubolag‘a qildim. Lekin baliq ovi haqida gapirayotganda ozgina bo‘rttirilmasa, suhbatning qizig‘i qolmaydi», deydi Putin hazillashib.
Solovyov suratga olgan bu hujjatli film oxirgi kunlarda butun dunyoda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Unda Putinning yadro quroli haqida aytgan gaplari ayniqsa shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid

20:30 / 11.03.2025
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg

21:32 / 06.03.2025