Politsiya Aqto‘bedagi mash'um avtobus egasini tekshirmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Politsiya O‘zbekistonning 52 fuqarosining fojiali o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in kelib chiqqan avtobus haydovchilari hamda egasini tekshirmoqda. Bu haqda Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Ichki ishlar departamenti boshlig‘i Yernat Kaliakparov bugun, 7 mart kuni xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv yong‘in va odamlarning halok bo‘lishi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni tergov qilish doirasida olib borilmoqda. Uni tergov qilish bilan IIV tergov-tezkor guruhi shug‘ullanmoqda, u O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ishlamoqda.
IID boshlig‘ining ta'kidlashicha, u ish bo‘yicha boshqa tafsilotlarni tergov manfaati tufayli ochiqlay olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi. Avvalroq Aqto‘be fojiasidan omon qolgan yigit o‘zi ko‘rgan dahshatlarni bayon etgandi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025