AQSh Xitoydan savdo defitsitini qisqartirish bo‘yicha reja ishlab chiqishni so‘radi

Iqtisodiyot 22:50 / 07.03.2018 4558

AQSh Xitoydan AQSh bilan savdo defitsitini 1 mlrd dollarga qisqartish bo‘yicha rejani ishlab chiqishni so‘ragan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda yozgan.

“Xitoydan AQSh bilan ulkan miqdordagi savdo defitsitini 1 mlrd dollarga qisqartirish bo‘yicha yillik rejani ishlab chiqishni so‘radik. Biz Xitoy bilan yaxshi munosabatdamiz va u qanday g‘oyalar taklif qilishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Biz iloji boricha tezroq harakat qilishimiz kerak”, deb yozgan Tramp. 

Avvalroq AQSh savdo vazirligi yanvarda Xitoy bilan savdo defitsiti 16,7 foizga oshib, 36 mlrd dollarni tashkil qilganini ma'lum qilgandi. Bu esa 2015 yil sentabridan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.  

Ko‘proq yangiliklar: