Xitoy po‘lat va ko‘mir ishlab chiqarish hajmini yana kamaytiradi

Iqtisodiyot 13:10 / 05.03.2018 4855

Xitoy hukumati ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlarini qisqartirish bo‘yicha islohotlar doirasida 2018 yilda po‘lat ishlab chiqarishni yana 30 mln tonnaga, ko‘mir ishlab chiqarishni  esa 150 mln tonnadan ko‘proqqa qisqartiradi. Bu haqda hukumat ishi haqidagi hisobotda aytilgan.

Xitoy hukumati sanoatning ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlariga ega, ya'ni taklif talabdan ancha ko‘proqni tashkil qiluvchi tarmoqlarida taklif islohoti o‘tkazilishini e'lon qilgandi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu siyosat bir tomondan narxlarning pasayishiga olib keldi, inflyatsiyaning past darajasini ushlab turibdi, ikkinchi tomondan esa korxonalarning kasodga uchrashi va ish o‘rinlari qisqarishiga olib kelmoqda. 

2017 yilda Xitoy po‘lat ishlab chiqarishni 50 mln tonnaga, ko‘mir ishlab chiqarishni 150 mln tonnaga qisqartirgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: