O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya qancha bo‘ldi?

Iqtisodiyot 11:55 / 01.03.2018 28802

2018 yilning fevral oyida iste'mol bozorida tovar va xizmatlar o‘rtacha 1,1%ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,1%ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,3%ga va xizmatlar 0,7%ga qimmatlashgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida aytiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 1,1%ga qimmatlashdi, bu esa INIning umumiy o‘sishiga 0,49 f.d.da ta'sir ko‘rsatdi.

Fevral oyida tuxum o‘rtacha 10,5%ga, shakar 3,0%ga, tovuq go‘shti 1,3%ga, qattiq pishloq va qandolat mahsulotlari 0,1%ga arzonlashdi.

Kuzatuvdagi meva mahsulotlaridan ko‘proq o‘sish olmalarda 6,1%, shuningdek quritilgan mevalarda 4,8%. Qovoq bir oyda 10,0%ga qimmatlashdi. Sabzavotlardan pomidor 14,0%ga, bodring 11,7%ga o‘sdi. Ayni paytda, sabzavotlar narxlarining umumiy oshishida kartoshka va piyoz narxlarining pasayishi kuzatildi (mos ravishda 2,7% va 2,3%).

Joriy yilning fevral oyida mol go‘shtining (suyaksizdan tashqari) o‘rtacha 1 kg. uchun maksimal narxi 36967 so‘mni (Toshkent sh.), minimal narxi 29725 so‘mni (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) tashkil etdi. Suyaksiz mol go‘shtining o‘rtacha 1 kg. uchun maksimal narxi 44868 so‘mni (Toshkent sh.), minimal 39000 so‘mga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) teng bo‘ldi.

Viloyatlar orasida 1 kg. kartoshkaning maksimal va minimal o‘rtacha narxlari o‘rtasidagi farq 1,2 barobarni (Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3843 so‘m, Jizzax viloyatida esa 3272 so‘m) tashkil etdi.

O‘nta tuxumning maksimal o‘rtacha narxi 6655 so‘m (Sirdaryo viloyati), minimal o‘rtacha narxi 5500 so‘mga (Andijon viloyati) to‘g‘ri keldi.

O‘rtacha narxlar dinamikasining xususiyati 2017 yil yanvaridan to joriy yilning fevraliga qadar bo‘lgan davrdagi mahsulotlarning turiga bog‘liqdir. Misol uchun, mol go‘shti narxlarining o‘zgarishini barqaror o‘sish tendensiyasi bilan xarakterlanadi (2016 yil dekabriga nisbatan 1,4 barobar).

Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oyda 1,3%ga ko‘tarilib, umumiy INIning o‘sishiga 0,45 f.d.da o‘z ta'sirini o‘tkazdi.

Qurilish materiallari bo‘yicha sezilarli darajada g‘ishtning narxi 29,3%ga, sement 8,4%ga, shifer 5,9%ga, yog‘och mahsulotlari 3,3%ga qimmatladi.

Nooziq-ovqat tovarlarning boshqa guruhlar narxlari o‘sishi 0,4%dan oshmadi, bu esa INIning o‘sishi uchun sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatmadi.

Aholi uchun xizmatlar oyda o‘rtacha 0,7%ga ko‘tarildi. Bu esa INI umumiy o‘sishiga 0,16 f.d.da ta'sir etdi.

Kuzatiladigan aloqa xizmatidan «O‘zbektelekom» AJ tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari tariflari ko‘tarildi. Xususan, mahalliy telefon aloqasi uchun abonent to‘lovi o‘rtacha 27,7%ga, shaharlararo va xalqaro so‘zlashuvlar o‘rtacha 67,1%ga oshirildi.

Yo‘lovchi tashish xizmatlarining oshishi, asosan kuzatilayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha shaharlararo yo‘nalishda qatnaydigan poyezdlarda chipta narxining o‘rtacha 31,9%ga hamda havo transporti xizmatlari o‘rtacha 2,8%ga ko‘tarilishi bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: