Marokash qirolining yuragida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi

Foto: AP Photo
Marokash qiroli Muhammad VI 26 fevralda yuragida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazdi. Ta'kidlanishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqda MAP axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 20 yanvarda 54 yoshli qirolda yurak ritmi buzilishi aniqlangan. Operatsiya Parijdagi “Ambruaz Pare” kardiojarrohlik klinikasida o‘tgan. Qirolning yurak ritmini normallashtirishga muvaffaq bo‘lingan.
Ta'kidlanishicha, qirol operatsiyadan keyingi tiklanishdan keyin odatiy faoliyatiga qaytishi mumkin.
Mavzuga oid

19:28 / 09.09.2023
Shavkat Mirziyoyev halokatli zilzila tufayli Marokash podshohiga ta’ziya bildirdi

08:19 / 12.10.2021
O‘zbekistonda ilk bor alohida endoprotez yordamida tos halqasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi

23:59 / 30.03.2019
Rim papasi va Marokash qiroli Quddus bo‘yicha chaqiriq bilan chiqishdi

08:05 / 29.01.2019