Rossiyaning «Megafon» va Veon holdingi («Bilayn» brendi) «Yevroset» tarmog‘i biznesini ajratib olish bo‘yicha kelishuvni yakunladi, deb xabar bermoqda vc.ru operatorlar vakillariga asosan.
«Vympelkom» «Yevroset»ning taxminan 1800 ta chakana salonlarini xarid qildi va «Megafon»ga taxminan 20 mln dollar to‘lab berdi. Bu riteylerning qoplanmagan qarz majburiyatlaridagi o‘z ulushini to‘ldirish uchun kerak edi. «Megafon» «Yevroset» aksiyalarining 50 foizini oldi hamda kompaniyadagi ulushini 100 foizga yetkazdi.
Eslatib o‘tamiz, «Megafon» va «Vympelkom» «Yevroset» biznesini ajratib olish to‘g‘risida 2017 yilning iyulida kelishib oldi. Bunga qadar ular tarmoqda 50 foizlik ulushga egalik qilgan.
«Megafon»dan ma'lum qilishlaricha, «Yevroset» brendini saqlab qolish rejalari bor, biroq boshqa voqealar rivoji ham istisno etilmadi.