Tesla’ning ba'zi bir mamlakatlar va hududlarni elektrlashtirish borasida qo‘lga kiritgan yutuqlari kompaniyaning raqobatchilarini ham ana shunday xatti-harakatlarga undadi. Shu kunlarda Renault konserni ham faqat «toza» energiya hisobiga elektrlashtiriladigan orol bo‘yicha o‘z loyihasini taqdim etdi, — deb xabar beradi evmode’gna asoslangan hi-news.ru.
Shamol va quyosh elektr stansiyalari elektr energiyasini faqat shamol va yorug‘luk bo‘lsagina ishlab chiqaradi, shu sababli ishlab chiqarilgan elektr energiyasini saqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun avtokonsern Portu-Santu orolida o‘zi ishlab chiqargan maishiy energiya to‘plovchilarni jo‘natadi. Ular foydalanib bo‘lingan elektromobillarning batareyalaridan iborat bo‘ladi. Bunday to‘plovchilarning xossalari boshqa ishlab chiqaruvchilarning shu kabi mahsulotlariga nisbatan yomonroq, lekin u raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan to‘plovchilardan ancha arzon.
Bundan tashqari, Renault aholiga tarmoqda elektr energiyasi ziyodlashgan soatlarda quvvatlanish imkonini beruvchi, maxsus yaratilgan «aqlli» tizimga ega 20ta 14 ZOE va 6ta Kangoo ZE elektromobillarini ham taqdim etadi. Orolning o‘zi juda kichik, shu sababli mahalliy aholi batareya quvvatlarini to‘liq sarflashga ulgurishmaydi ham. Ortiqcha energiya yana tarmoqqa qaytariladi va vaziyatga qarab juda tig‘iz vaqtlarda sarflanadi.
Loyiha allaqachon Portugaliyaning Madeyra arxipelagi hukumati tomonidan ma'qullangan va konsern ular bilan hamkorlikda o‘z g‘oyasini hayotga tatbiq etmoqchi. Elektrlashtirilishi mo‘ljallanayotgan Portu-Santu orolining maydoni 42 kvadrat kilometr bo‘lib, unda 5 ming kishi istiqomat qiladi.