Microsoft va Xiaomi o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi

Fan-texnika 18:20 / 25.02.2018 7078

Yirik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi Microsoft kompaniyasi Xiaomi bilan bulut texnologiyalari, sun'iy intellekt va qurilmaviy ta'minotga doir strategik memorandumni imzoladi. TechCrunch portali shu haqida xabar berdi

Mazkur hujjatning imzolanishi Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchisining o‘z biznesini G‘arbda va ayniqsa AQShda kengaytirish niyatidan dalolat beradi. Manbada ta'kidlanishicha, Microsoft, o‘z navbatida, Nokia bilan muvaffaqiyatsiz hamkorlikdan keyin ushbu shartnoma yordamida smartfonlar bozorida o‘z dasturiy ta'minoti doirasini yanada kengaytirishga harakat qilmoqda.

"Xiaomi Xitoydagi eng innovatsion kompaniyalardan biri hisoblanadi va u dunyoning turli bozorlarida tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Microsoft'ning noyob imkoniyatlari va sun'iy intellekt sohasidagi tajribasi Xiaomi'ga dunyoning har bir kishisi uchun eng yangi texnologiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi", - deydi Microsoft'ning sun'iy intellekt sohasidagi tadqiqot guruhi vitse-prezidenti Harri Sham. 

Memorandum qoidalarida ko‘rsatilishicha, kompaniyalar bir-birlarining texnologiyalariga kirish imkoniga ega bo‘lishadi. Shu tariqa Xiaomi o‘z ma'lumotlarini saqlash va samaradorlik xususiyatlarini oshirish uchun Azure bulut platformasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, Microsoft kolonkalar ishlab chiqarish borasida Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: