«Davlatning hozirgi holati dahshatli» - Kuchma

Foto: Sergey Grits/AP
Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning ma'lum qilishicha, Ukraina hech qachon to‘laqonli davlat bo‘lmagan, u davlatning hozirgi holatini dahshatli, deb atadi. Bu haqda «Ukraina.ru» yozmoqda.
«Ukraina hech qachon to‘laqonli davlat bo‘lmagan, ukrainaliklarning bugungi holati esa dahshatli. Ichki mahsulotning 75 foizi – bizning qarzlarimiz. Bu dahshatli. Ularga kim pul to‘laydi? Hozir Xalqaro valyuta jamg‘armasi bermasa, defoltni e'lon qilish kerak bo‘ladimi?» - deya aytib o‘tdi Kuchma.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatning hozirgi ahvoliga Oliy rada deputatlari aybdor. Shuningdek, u aholi hayoti darajasi va milliy iqtisodiyot holatidan ko‘ra, saylovlar haqida ko‘proq gapirishayotganiga e'tibor qaratdi.
«Biz Myunxen konferensiyasini katta umid bilan kutgandik. Biroq Ukraina u yerda eng pastki o‘rinda turdi. Go‘yoki biz u yerda yo‘qdekmiz. Agarda u yerga prezident borib, biz Yevropa xaritasida ekanimizni eslatmaganida, yoddan ham chiqarib yuborishgan bo‘lardi. Mana shu qo‘rqinchli. Buning ustida bosh qotirish kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Kuchma.
Mavzuga oid

20:43 / 12.03.2025
Rossiya qo‘shini Sudjaga kirdi

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

16:24 / 12.03.2025
«Tinchlik uchun yaxshi kun» - Jiddadagi muzokaralar yakunlariga dunyo bo‘ylab qanday reaksiya qilinmoqda?

13:01 / 12.03.2025