Qirg‘iziston bosh vaziri hukumatning 7 a'zosiga jiddiy hayfsan e'lon qildi

Foto: Sputnik
Qirg‘iziston hukumatining 7 a'zosi bosh vazirning davlat investitsiya dasturlari doirasidagi topshiriqlarini bajarmaganliklari uchun jiddiy hayfsan olishdi. Bosh vazir Sapar Isakov vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmasa, ularni bo‘shatib yuborishidan ogohlantirgan.
Hukumat yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari Sanjar Mukanbetov davlat investitsiya dasturlari oxirgi bir necha yil davomida bajarilmayotganini ma'lum qilgan. Bosh vazir fevral boshida bu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan va 2 hafta ichida dasturlarga 2018 yil uchun to‘g‘rilashlar kiritish va xulosalar chiqarish topshirig‘ini bergan.
Biroq bosh vazirning topshirig‘ini faqat favqulodda vaziyatlar vazirligi bajargan.
Sapar Isakovni uning topshiriqlariga bunday munosabat achchiqlantirgan va hukumat a'zolariga hayfsan bergan.
Isakov Qirg‘iziston moliya, iqtisodiyot, ta'lim va fan, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirlari, Sanoat, energetika va tabiiy zaxiralardan foydalanish davlat qo‘mitasi direktori, Arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi davlat agentligi direktoriga hayfsan e'lon qilgan.
Mavzuga oid

18:01
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

17:24
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

16:57 / 10.03.2025