«Uchar taksi»lar yo‘q bo‘ladi. Prezident aeroportlar hududini tartibga keltirishga topshiriq berdi

O‘zbekiston 22:00 / 22.02.2018 43864

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 fevral kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, prezident yig‘ilish vaqtida sayyohlarning kayfiyatiga ta'sir qiladigan eng kichik jihatlargacha e'tibor qaratdi. 

Xabar qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari to‘liq ishlamasligi, uzundan-uzoq sun'iy navbatlar, taksi xizmati ko‘rsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlarni yaxshilash bo‘yicha ham topshiriqlar bergan.

Qayd etish kerakki, shu vaqtgacha Toshkentga kelgan mehmonlarni aeroport tashqarisida kutib turuvchi xususiy taksichilar mijozlarni me'yoridagidan bir necha barobar yuqori narxlarda manzilga eltishga odatlangan, ba'zida ish firibgarlik darajasiga yetib borgan. Bu esa shahar mehmonlari va sayyohlarda yoqimsiz taassurotlar qoldirib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: