Bojxona qo‘mitasining yangi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 10:50 / 22.02.2018 24647

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq Jasur Alimovich Aripov Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Foto: Jasur Aripov / XPK

U qo‘mitada Bojxona nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi, Bojxona tekshiruvlari va surishtiruvlari boshqarmasi va Huquqiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qiladi.

Aripov ilgari Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. U bu lavozimda biroz avvalroq ishdan olingan Baxtiyor Raimov o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olinib, uning o‘rniga Bosh prokuror o‘rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyevich Azimov tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: