Toshkentda advokatlik tuzilmalari tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatiladi

O‘zbekiston 18:50 / 21.02.2018 4918

Toshkent shahar adliya boshqarmasining “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilinishicha, Advokatlar palatasida joriy yilning 19 fevral kuni Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi advokatlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik tuzilmalari tomonidan haftaning ma'lum kunida bepul fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” doirasida jadval ishlab chiqildi va unga qat'iy rioya etilishi haqida kelishib olindi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad jismoniy va yuridik shaxslarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatib, ular duch kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlarni berib borish hisoblanadi.

Ta'kidlab o‘tish o‘rinliki, poytaxtda faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalarining 2018 yil davomida fuqarolar uchun “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan fuqarolarga bepul og‘zaki huquqiy maslahatlar berib borish bo‘yicha navbatchilik jadvalini tasdiqlab, advokatlik tuzilmalariga e'lon joylashtirilishi kelgusida fuqarolarimizning huquqiy sohadagi yechimini topmagan masalalarni hal etilishiga muhim turtki bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: