Tesla Model S elektr sedani Yevropadagi savdo hajmi bo‘yicha Germaniyaning Mercedes-Benz, BMW va Audi kompaniyalarining lyuks toifadagi sedanlarini ortda qoldirdi. Bu haqda Automotive News Europe xabar bermoqda.
Model S AQShda bir necha yillardan beri nemis brendlaridan xaridorgirroq bo‘lib, biroq nemis kompaniyalari vatanida ilk bor raqobatchilarini ortda qoldira oldi.
JATO Dynamics ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Model S’ning Yevropadagi savdo hajmi 30 foizga oshib, 16132 donani tashkil qilgan. Bu orada Mercedes S-sinf savdosi 3 foizgagina oshib, 13359 donani, BMW savdosi esa, aksincha, 13 foizga tushib ketib, 11735 donani tashkil qilgan.
“Yevropa avtokompaniyalariga modellar qatorini “elektrlashtirish”ni jadallashtirish lozim, chunki xaridorlarda ular bu poygada ortda qolayotgandek taassurot paydo bo‘lmoqda”, deb aytgan JATO tahlilchisi Felipe Munosa.
Yaqin orada premial segmentda yana bir nechta yangi elektr modellar – Jaguar I-Pace, Audi e-tron Quattro, Porsche Mission E va Tesla Model S’ning bevosita raqobatchisi Volkswagen Vizzion savdosi boshlanishi kerak.